locale OZ

Rahim Sterling — «Feyenoord» futbolchisi

Futbolchining yangi jamoasi bilan kelishuvi joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rahim Sterling — «Feyenoord» futbolchisi
Фото: Фейеноорд

"Feyenoord" klubi Rahim Sterling bilan shartnoma imzolanganini rasmiy e'lon qildi.

31 yoshli vinger Niderlandiya grandi safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

Sterling va "Chelsi" o'rtasidagi shartnoma o'tgan oy oxirida ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilingan edi.

Futbolchining yangi jamoasi bilan kelishuvi joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan bo'lib, unda hamkorlikni uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, Sterling faoliyati davomida ilk bor Angliya Premer-ligasidan tashqarida to'p suradigan bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting