Rafael Leau Portugaliya terma jamoasida Ronalduning 7-raqamini oladi
Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgan Krishtianu Ronalduning 7-raqamli futbolkasi Rafael Leauga beriladi. “Galatasaroy” vingeri Daniyaga qarshi uchrashuvda yangi raqam ostida maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda B24 xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Leau Portugaliya terma jamoasida shu paytgacha 17-raqam ostida harakat qilgan. UEFAning amaldagi futbolchi profilida esa uning Portugaliya safidagi raqami allaqachon 7 sifatida ko‘rsatilgan.
Bu o‘zgarish Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan avval tark etganidan keyin amalga oshirildi. 41 yoshli hujumchining milliy jamoadagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2026-yilgi Jahon chempionatida ham Portugaliya safida 7-raqam ostida o‘ynagan, Rafael Leau esa 17-raqamni kiygan edi. Hozirgi o‘zgarish Ronalduning terma jamoadagi 7-raqamdan butunlay ayrilganini anglatadimi yoki faqat ushbu yig‘inga tegishlimi — hozircha rasman aniqlashtirilmagan.