locale OZ

Rafael Balasanyan – «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi

U o‘tgan yillarda ham Andrey Pyatnitskiyga assistent sifatida ishlagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafael Balasanyan – «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o‘yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e’tiborni yanada oshirmoqda.

Shu maqsadda samarqandlik mahalliy mutaxassis, "Dinamo" jamoasi sobiq himoyachisi Rafael Balasanyan "Dinamo" U21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2025 yilda "Dinamo"ning U19 jamoasini muvaffaqiyatli boshqargan mutaxassis 2026 yildan jamoamiz o‘rinbosarlarini yangi mavsumga tayyorlaydi. Balasanyan o‘tgan yillar davomida ham "Dinamo" klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan, shuningdek "Surxon" o‘rinbosarlari jamoasini boshqargan edi.

Yana bir mahalliy mutaxassis, "Dinamo" jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Umid Abdurahmonov U21 jamoasi yordamchi murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. U o‘tgan yillarda ham Andrey Pyatnitskiyga assistent sifatida ishlagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting