Rade Bogdanovich: «Ronalduning mundialda qatnashayotgani futbol uchun uyat»
Serbiyalik futbol eksperti va sobiq futbolchi Rade Bogdanovich Krishtianu Ronalduning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini keskin tanqid qildi.
“Ronaldo zo‘rg‘a yuribdi. Uning mundialda qatnashayotgani futbol uchun uyat. Uni tarkibda faqat nomi va obro‘si tufayli olib qolishgan”, dedi Bogdanovich.
Uning fikricha, portugaliyalik afsona yosh futbolchilarning imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda va terma jamoada yangi avlodga yo‘l ochish vaqti allaqachon kelgan.
Bogdanovich Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martinesni ham tanqid qilib, jamoada yetarli darajada obroʻga ega emasligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Lionel Messi haqida gapirar ekan, argentinalik yulduzni “futbol dahosi” deb atadi, biroq har qanday buyuk davrning ham yakuni bo‘lishini eslatdi.
Ekspert yakunida Luka Modrich va Edin Jekoni hozirgi holatda Ronaldodan yaxshiroq sport formasida ekanini aytdi.
Maʼlumot uchun, Portugaliya JCh-2026'dagi ishtirokini Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Uchrashuv 17-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.