Rabio \"Milan\"ning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi
Fransiyalik futbolchi yozda "rossoneri" safiga qo‘shilgandi.
ФОТО: Getty images
“Milan” klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabio joriy mavsum yakunida “rossoneri”ning chempionlikka erishish imkoniyatlarini baholadi.
"Bizda kuchli jamoa bor. Mentalitetim tufayli barcha jamoadoshlarimni borini berishga unday olaman; bizda mustahkam guruh bor. Asosiy narsa — birinchi o‘ringa yaqin qolish, lekin hali oldinda uzoq yo‘l bor.
Bizni noyabrdan dekabrgacha juda ko‘p o‘yinlar kutib turibdi, jumladan Superkubok ham — bu ham maqsadlarimizdan biri. Fevralgacha biz qanchalik uzoqqa bora olishimiz mumkinligi haqida taxminiy tasavvurga ega bo‘lamiz", — deya Rabioning so‘zlarini keltiradi DAZN.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist