locale OZ

Quvayt bosh murabbiyi: «O‘zbekiston tarkibida Yevropaning top-klubida o‘ynaydigan futbolchisi bor»

Quvayt ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Quvayt bosh murabbiyi: «O‘zbekiston tarkibida Yevropaning top-klubida o‘ynaydigan futbolchisi bor»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston – Quvayt o‘rtoqlik o‘yini oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Elio Souza matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘zbekistonning so‘nggi o‘yinlariga nazar tashlasak, bu jamoa nafaqat Osiyoda, balki jahon miqyosida ham kuchli terma jamoalardan biriga aylanganini ko‘rish mumkin. Tarkibida Yevropaning top-klubida o‘ynaydigan futbolchisi bor. Hech bir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim — ularning har biridan xavf kutish mumkin. Biroq bizning asosiy ishimiz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratish. Ertaga chiroyli stadionda maydonga tushamiz va ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Fabio Kannavaro ilgari Xitoy terma jamoasida ishlagan, 2006-yilda esa Italiya bilan Jahon chempioni bo‘lgan. Agar u futbolchilar bilan tezda til topisha olsa, albatta, yaxshi natijalar qayd etishiga ishonaman.

Quvayt Yaqin Sharqdan Jahon chempionatiga chiqqan ilk terma jamoa bo‘lgan. Hozir biz har bir futbolchimizning o‘yinini tahlil qilib, Osiyo Kubogida munosib ishtirok etishga va Quvayt futbolining oldingi nufuzini tiklashga intilmoqdamiz", - dedi mutaxassis.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting