Qozog‘iston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini boy berdi
Qozog‘lar guruhda 4-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
Qozog‘iston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini boy berdi.
Qo‘shnilarimiz dushanba kuni Shimoliy Makedoniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Natijada 7 uchrashuvdan so‘ng 8 ochko bilan guruhda 4-o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, pley-off bosqichida qatnashish huquqini beruvchi 2-o‘rindagi Shimoliy Makedoniya bilan farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. Jamoa saralash bosqichi doirasida yana bir o‘yin o‘tkazadi, 15 noyabr kuni ular Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda Belgiya peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist