«Qo’qon-1912» Tojikistondagi yig'ini yakunlandi
Jamoa endi Turkiyaga yo'l oladi.
Фото: Қўқон-1912 ПФК
"Qo'qon-1912" jamoasi bugun Tojikistondagi joriy yig'indagi so'nggi mashg'ulotlarini olib bordi.
Shu tariqa, jamoa Tojikistondagi yig'inni yakunladi va 3 kunlik tanaffusga chiqdi.
Endi jamoamiz mavsumga tayyorgarlikni so'nggi bosqichini olib borish uchun Turkiyaga yo'l oladi va tayyorgarlikni navbatdagi bosqichini davom ettiradi.
«Turkiyadagi yig'inda jamoamiz bir qator o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Yig'indagi raqiblar va uchrashuv sanalari haqida keyinroq ma'lumot beramiz», - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist