«Qo‘qon-1912» qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Ushbu yig‘indan so‘ng jamoa va Turkiya Respublikalarida yig‘inning navbatdagi bosqichlarini o‘tkazishadi.
Фото: Қўқон-1912 ПФК
"Qo‘qon-1912" jamoasi deyarli 10 kun davom etgan ilk yig‘indan so‘ng qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
Endi Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoamiz 2026-yilgi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqichini 3-yanvar sanasidan boshlab Qo‘qon shahrida davom ettiradi.
Ushbu yig‘indan so‘ng jamoamiz Tojikiston va Turkiya Respublikalarida yig‘inning navbatdagi bosqichlarini o‘tkazishadi.
Bo‘lajak yig‘inlarda jamoamiz safiga bir qator mahoratli va tajribali futbolchilar kelishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist