locale OZ

«Qo‘qon-1912» jamoasiga sovrindor bo‘lish vazifasi qo‘yildi

Vazifa yo‘lida Xayrullo Bozorov maksimal ko‘mak berishlarini ham ta’kidlab o‘tdilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qo‘qon-1912» jamoasiga sovrindor bo‘lish vazifasi qo‘yildi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan uchrashdi.

Kecha "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarashli markaziy stadioniga Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, viloyatning mansabdor shaxslari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va viloyat federatsiyasi mas’ul hodimlari tashrif buyurishdi.

Viloyatimiz hokimi jamoamiz murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Xayrullo Hayitbayevich "Qo‘qon-1912" jamoasining so‘nggi turlardagi ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnun ekanliklarini, ayniqsa, "Paxtakor" jamoasi bilan so‘nggi turdagi durang natijasi nafaqat Qo‘qon shahri futbol muxlislari, balki Farg‘ona viloyati futbol ishqibozlarini ham xursand qilganini ta’kidlab, jamoamiz a’zolariga ushbu natijalar uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, jamoamizning keyingi o‘yinlariga ham omad tiladilar.

Shuningdek, viloyatimiz hokimi kelasi yil uchun reja ishlab chiqish kerakligi bo‘yicha "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyatiga topshiriq berdilar. Keyingi mavsumda jamoamizga sovrindorlar qatoridan joy olish vazifasi ham qo‘yildi. Vazifa yo‘lida Xayrullo Bozorov maksimal ko‘mak berishlarini ham ta’kidlab o‘tdilar.

Shu qatorda, "Qo‘qon-1912" jamoasiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun viloyatimiz hokimiga jamoamiz nomidan "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbari Akramjon Mamadaliev o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, bosh murabbiyimiz Bahromjon Haydarov va jamoamiz sardori Iqboljon Malikjonovlar ham viloyat rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, oldimizda turgan so‘nggi ikkita bahsda ham maksimal natija ko‘rsatib, viloyatimiz va shahrimiz muxlislarini xursand qilishga va’da berishdi.

Uchrashuv yakunida jamoamiz a’zolari yakunlanayotgan mavsumni yuqori notada yakunlab, kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini ham ta’kidlab o‘tishdi", — deyiladi qo‘qonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting