Qo'qon-1912 jamoasi Turkiyada bo'lib o'tgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi
"Qo'qon-1912" jamoasi Turkiyada bo'lib o'tgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi. Klub uch hafta davomida Antaliyada mashg'ulot olib bordi. Mashg'ulotlar davomida jami 5 ta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlarining uchtasida g'alaba qozondi va qolgan ikkita bahsda mag'lub bo'ldi.
Turkiyadagi yig'inda qayd etgan natijalarimiz bilan tanishing:
Qo'qon-1912 va Vushtrria 0:2
Qo'qon-1912 va Shinnik 2:0
Qo'qon-1912 va Meshakhte 1:0
Qo'qon-1912 va Shaxtyor 3:1
Qo'qon-1912 va Milsami 0:1
Endi jamoa qisqa ta'tilga chiqadi va shundan so'ng mavsum startining yakuniy bosqchini olib boradi.
Eslatib o'tamiz, qo'qonliklar Superliganing birinchi turida "Buxoro"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27-fevral sanasida bo'lib o'tadi.