locale OZ

«Qo'qon-1912». Gadoyev, Salimov va Akramov bilan kelishuv uzaytirildi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qo'qon-1912». Gadoyev, Salimov va Akramov bilan kelishuv uzaytirildi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo'qon-1912" jamoasi tarkibni kuchaytirish bilan bir qatorda o'tgan mavsumdagi asosiy tarkib futbolchilari bilan ham yangi shartnomalar imzolashda davom etmoqda.

O'tgan mavsum himoya "qo'rg'oni"da asosiy o'yinchilar bo'lgan Shahzod Akramov va Alisher Salimov bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolandi.

Shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida tarkibimizga kelib qo'shilgan Shohruh Gadoyev yangi mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadi.

Shahzod Akramov o'tgan mavsum 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Alisher Salimovning hisobida esa 32 ta uchrashuv bor va u bitta assist qayd etgan.

Shohruh Gadoyev esa jamoamiz safida o'tgan mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting