locale OZ

«Qo‘qon-1912» bosh murabbiy Bahrom Haydarov bilan xayrlashdi

Haydarov boshqaruvidagi jamoa 49 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qo‘qon-1912» bosh murabbiy Bahrom Haydarov bilan xayrlashdi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo‘qon-1912" rasmiy telegram-kanali jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov bilan xayrlashganini ma’lum qildi.

«2024 yilda “Qo‘qon-1912” rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Bahrom Haydarovga jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionatning istalgan jamoasiga qarshi kurashuvchan jamoa tuzish vazifasi qo‘yilgandi. Murabbiy bu vazifani katta mas’uliyat bilan bajarishga kirishdi. 2024 yilgi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasini Pro-ligadan olib chiqishga erishdi va yakunlangan mavsum Superligada olib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Murabbiy joriy mavsum Superliganing TOP-6 jamoalarining barchasiga haqiqiy kurash taqdim eta oladigan jamoa tashkil qildi va muxlislarga yoqadigan futbol ko‘rsatdi.

Bahrom Haydarov boshqaruvidagi jamoa 49 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 19 ta g‘alaba, 14 ta durang va 16 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

O‘tgan yili jamoamizni Pro-ligadan olib chiqishga erishgan va yakunlangan mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasini Superligada olib qolishga muvaffaq bo‘lgan Bahrom Haydarovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz», - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting