locale OZ

“Qizilqum” Toshkentda Pro-liga klubi bilan durang o‘ynadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Qizilqum” Toshkentda Pro-liga klubi bilan durang o‘ynadi
Фото: Қизилқум ПФК

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qizilqum” Toshkentda so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Pro-liga ishtirokchisi “Olimpik-Mobiyuz”ga qarshi kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yinda dastlab Nurlan Ibrayimov hisobni ochdi. 83-daqiqada navoiyliklar safida Shahzod Rahmatullayev muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, Akmal Rustamov murabbiyligidagi “oltin izlanuvchilar” Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini yakunladi.

O‘rtoqlik o‘yini

“Olimpik-Mobiyuz” 1:1 “Qizilqum”

Gollar: Nurlan Ibrayimov 76 – Shahzod Rahmatullayev 83

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting