\"Qizilqum\" futbolchilari Qirg'izistonning \"OshMU\" klubini yirik hisobda taslim etdi
Qishgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini poytaxtda davom ettirayotgan "Qizilqum" futbolchilari Qirg'izistonning "OshMU" klubini yirik hisobda taslim etishdi. Bellashuvdagi gollarga Shahzod Rahmatullayev, Islom Kenjaboyev hamda Akmal Muzaffarovlar mualliflik qilishdi.
O’rtoqlik uchrashuvi, Toshkent
«Qizilqum» 3:0 «OshMU»
Gollar: Shahzod Rahmatullayev, Islom Kenjaboyev, Akmal Muzaffarov
«Qizilqum»: 30. Farhod Rahmatov, 8. Shahzod Rahmatullayev, 10. Islom Kenjaboyev (s), 20. Bobomurod Bozorov, 22. Asror G'ofurov, 55. Diyor Raxmatillayev, 70. Muhammadaziz Ibrohimov, 71. Giorgil Chabradze, 80. Samandar Shukrullayev, 88. Aleksiy Schebetun, 90. Nikola Kumburovich.
Zaxiradan tushganlar: 1. Humoyunshox Sayyotov, 16. Jahongir Mamatqulov, 7. Fayzullo Jumanqo’ziyev, 44. Ilhomjon Vahobov, 9. Alisher Shukurov, 6. Murodali Usmonov, 25. Shahzod Turopov, 99. Ilhom Kenjayev, 33. Akmal Muzaffarov.