Qirg‘iziston terma jamoasining “CAFA Nations Cup-2025” uchun qaydnomasiga aniqlik kiritildi
29-avgustdan boshlab Dushanbe va Toshkentda “CAFA Nations Cup-2025” turniri start oladi.
Qirg‘iziston terma jamoasining umumiy musobaqa uchun qaydnoma ro‘yxati e’lon qilindi.
Darvozabonlar: Erjan Toktaev (“Andijon”, O‘zbekiston), Umurzak Oronbaev (“Ozgen”), Artyom Pryadkin (“Bishkek City”), Ruslan Amirov (“Abdish-Ata”).
Himoyachilar: Aytenir Balbakov (“Ilbirs”), Tamirlan Kozubaev (“Persita”, Indoneziya), Valeriy Kichin (“Bars”), Aleksandr Mishenko (“Dordoy”), Esenbek Usen Uulu (“Neftchi”), Ermek Kenzhebaev (“Alga”), Arlen Beksulov (“Talant”), Ulanbek Sulaymanov (“Ozgen”).
Yarim himoyachilar: Adil Kadirjanov (“Dordoy”), Odiljon Abdurahmanov (“Thanh Hoa”, Vetnam), Eldiyar Zaripbekov (“Chernomorets”, Ukraina), Erbol Atabayev (“Abdish-Ata”), Magamed Uzdenov (“Bars”), Azim Azarov (“Muras United”), Nurboll Baktiyekov (“Alga”), Kayrat Jirgalbek Uulu (“Bars”), Amir Japarov (“Muras United”), Nurlanbek Sarikbayev (“Ozgen”), Islam Yunusov (“Muras United”).
Hujumchilar: Maksat Aligulov (“Muras United”), Guljigit Alikulov (“Torpedo”), Joel Kojo (“Neftchi”, O‘zbekiston), Kay Merk (“Dordoy”), Atay Jumashov (“Muras United”).
Bosh murabbiy: Urmat Abdukaimov.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston A guruhida O‘zbekiston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
