«Qayrat\" ECHLga chiqqani uchun qancha ishlab oldi?
Фото: Getty Images
Qozog‘istonning "Qayrat" klubi ECHL umumiy bosqichiga so‘nggi saralash pley-offi javob o‘yinida Shotlandiyaning "Seltik" klubini (0:0, penaltilar — 3:2) penaltilar seriyasida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor ECHLga chiqdi.
Bu natija orqali “Qayrat” UEFA tomonidan belgilangan 20 million yevroga yaqin mukofot puli oladi. Bungacha Qozog‘iston klublaridan faqat "Astana" 2015/2016 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynagan.
Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga 28 avgust kuni qur’a tashlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist