locale OZ

Qattaqo‘rg‘on Proligada ishtirok etish bo‘yicha talablarni bajardi

Payshanba shaharchasida joylashgan stadion esa Proliga uchun tayyorlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qattaqo‘rg‘on Proligada ishtirok etish bo‘yicha talablarni bajardi
Фото: UzPFL

Qattaqo‘rg‘on futbol klubi 2026-yilgi mavsumdan boshlab Proligada to‘p suradi.

Ikki yil avval klub hududiy Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tgan mavsum Birinchi ligada yarim finalgacha yetib bordi. Shuningdek, musobaqa davomida o‘zidan iliq taassurot qoldirdi.

Dekabr oyidan boshlab Qattaqo‘rg‘on Proliga bo‘yicha talablarni bajarishga kirishdi. Bu yo‘lda Liga tomonidan bir qator talablar belgilab berilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida klub ularni bosqichma-bosqich bajardi va 23-yanvar kuni hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirdi.

Qattaqo‘rg‘on shahridagi stadionni parvarishlash ishlari davom etayotgan bo‘lib, 2026-yildan boshlab ushbu maydonda Qattaqo‘rg‘on U19 jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi. Payshanba shaharchasida joylashgan stadion esa Proliga uchun tayyorlanadi. Ayni kunlarda maydonni to‘liq yangilash ishlari davom etmoqda. Drenaj va sug‘orish tizimlarini zamonaviy holatga keltirish, shuningdek, gibrid maysa yotqizish va uni sinovdan o‘tkazish may oyigacha davom etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, buning uchun klub ta’sischisi 4,5 milliard investitsiya kiritish uchun tegishli kompaniya bilan shartnoma imzoladi.

Payshanba shaharchasida joylashgan stadion tribunasi, uning ostida joylashgan texnik hudud to‘liq ta’mirga muhtoj bo‘lib, Qattaqo‘rg‘on klubi uni talab etilgan minimal ko‘rinishga keltirish uchun 5,7 milliard so‘m sarflashi ko‘zda tutilgan. Maysa, tribuna va texnik hudud to‘liq rekonstruksiya qilinmaguncha, klub raqiblarini Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida qabul qiladi.

Qayd etish kerak, avvalroq Qattaqo‘rg‘onda Assotsiatsiya qoshidagi futbol akademiyasini tashkil etish bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilingandi. Shundan kelib chiqilsa, klub asosiy va U19 jamoa, infratuzilma, bolalar futboli kabi masalalarni Liga talab qilgan ko‘rinishga keltirish hamda OFK litsenziyalash talablariga bosqichma-bosqich moslashish imkoniyatiga ega.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting