locale OZ

Qashqadaryo viloyatida futbolni rivojlantirish bo‘yicha ishlarga oid tanishuv bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyatida futbolni rivojlantirish bo‘yicha ishlarga oid tanishuv bo‘lib o‘tdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar, ommaviy va ayollar futbolini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Kunning birinchi qismida Qarshidagi “Geolog” sport majmuasida joylashgan “Sevinch” qizlar akademiyasining faoliyati, infratuzilmasi hamda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Mas’ullar bilan ushbu yo‘nalishda bajarilgan ishlar tahlil qilinib, murabbiylar bilan suhbatlar o‘tkazildi va kelgusi rejalar muhokama qilindi. “Sevinch” tajribasi asosida qizlar akademiyalari sonini oshirish taklifi ilgari surildi.

Bugun, shuningdek, Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murodjon Azimov, O‘FA rahbariyati, faxriylar, futbolchi va murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur akademiya bir vaqtning o‘zida 154 nafar yosh futbolchini qabul qilib, ularni tayyorlash imkoniyatiga ega. Majmua tarkibida zamonaviy yotoqxona, futbol maydonlari, sport zali, konferensiya zali va o‘quv binolari mavjud. Maskan zamon talablariga mos tarzda jihozlanib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida akademiya tarbiyalanuvchilari orasidan kelgusida terma jamoalarimiz sha’nini munosib himoya qiladigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.

O‘FA rahbariyati futbol faxriysi Narimon Jalolov xotirasiga bag‘ishlangan faxriylar o‘rtasidagi Respublika musobaqasining taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida bir qator futbol faxriylariga “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting