locale OZ

Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf» jamoasi bilan uchrashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf» jamoasi bilan uchrashdi
Фото: Насаф ПФК

Qashqadaryo viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat rahbarlari kecha Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi oldidan “Nasaf” jamoasi bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov jamoaning nafaqat viloyat, balki butun O‘zbekiston sha’nini himoya qilayotgan bayroqdor jamoa ekanini ta’kidladi. U jamoa bu mavsumda Superligada chempionlikni saqlab qolish bilan birga, xalqaro maydonda ham munosib ishtirok etishi zarurligini bildirdi.

Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, qo‘yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarishga harakat qilishlarini aytdi. Klub prezidenti Shuxrat Aslanov jamoa oldida mas’uliyatli vazifalar turganini, lekin bu yo‘lda dadil qadam tashlash zarurligini ta’kidladi. So‘nggi yillarda “Nasaf”dan milliy va yoshlar terma jamoalariga munosib futbolchilar yetishtirib chiqarilayotgani alohida qayd etilib, bu yo‘nalishni yanada rivojlantirish muhimligi aytib o‘tildi.

Jamoa sardori Umarbek Eshmurodov va darvozabon Abduvohid Ne’matov viloyat rahbariyati va homiylarga jamoa nomidan minnatdorlik bildirdi.

“Nasaf” futbol maktabi qoshida yangi maydonlar ochildi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi viloyat rahbarlari tashrifi chog‘ida “Nasaf” futbol maktabi qoshida yangi sun’iy qoplamali maydonlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda “Nasaf” jamoasi a’zolari va futbol maktabining yosh tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Viloyat hokimi, shuningdek, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov yosh futbolchilarga omad tilab, ularni “Nasaf” jamoasi a’zolaridek muvaffaqiyatli bo‘lishga undadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting