locale OZ

Qashqadaryo derbisida \"Nasaf\" \"Sho'rtan\"ni ayab o'tirmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo derbisida "Nasaf" "Sho'rtan"ni ayab o'tirmadi
Photo: gettyimages

Superliga 4 tur doirasidan o'rin olgan “Sho'rtan” va “Nasaf” jamoalari o'rtsidagi Qashqadaryo derbisi bo'lib o'tdi. Ushbu derbida "Nasaf" "Sho'rtan"ni ayab o'tirmadi

Uchrashuvning 5 daqiqasidayoq hisob ochildi. Mehmonlar hujumchisi Husayn Norchayev “ajdarlar”ni oldinga olib chiqdi. 26 daqiqada Oybek Bozorov 2 goldi urgan bo'lsa, 70 daqiqada Sharof Muhitdinov hisobni yirik 0:3 ko'rinishiga keltirdi. “Sho'rtan” futbolchisi Sirojiddin Qo'ziyev 80 daqiqada belgilangan penaltidan unumli foydalanib hisobni qisqartidri 1:3. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Sharof Muhitdinov dubl qayd etib, “Nasaf”ning Qashqadaryo derbisidagi ishonchli g'alabasini ta'minladi.

Superliganing 4 tur uchrashuvlari davom etmoqda, tafsilotlarni sports24.uz saytida kuzatib boring.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting