Qarshining Nasaf klubi Akram Komilov transferini e'lon qildi
Transfer bozorida faollikni oshirayotgan ajdarlar yana bir tajribali futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
photo: Nasaf fk
Qarshining Nasaf klubi Akram Komilov transferini e'lon qildi.
"Transfer bozorida faollikni oshirayotgan jamoamiz yana bir tajribali futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Klubimiz himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida "Bunyodkor", "Paxtakor" va OKMK jamoalarida to‘p surgan himoyachi Akram Komilov transferini rasman eʼlon qiladi.
Akram Komilov jamoamiz bilan yangi marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Nasaf oilasiga xush kelibsan, Akram!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor