Qarshi Markaziy o‘yingohiga yangi chim yotqizish ishlari boshlandi
Mazkur ishlar yakunlangach, "Markaziy" o‘yingoh maydoni zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan sifatli qoplamaga ega bo‘ladi.
photo: Nasaf fk
2025-yilgi futbol mavsumi yakunlangach, "Nasaf" jamoasining uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan "Markaziy" stadion maydon qoplamasini yangilash ishlari boshlab yuborilgan edi.
Kuni kecha maydonning asosiy qismi to‘liq tayyor holatga keltirilib, stadion uchun maxsus yetishtirilgan tabiiy chimni yotqizish ishlari ham boshlandi.
Mazkur ishlar yakunlangach, "Markaziy" o‘yingoh maydoni zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan sifatli qoplamaga ega bo‘ladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor