Puyol Messini haqidagi fikrini bildirdi
Ular "Barselona"da birga o‘ynagan.
ФОТО: Getty images
"Barselona"ning sobiq sardori Carles Puyol Argentina milliy terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Agar bu terma jamoa finalgacha yetib kelgan bo‘lsa, bu uning xizmatlari tufayli. U bizga jamoadosh sifatida bergan barcha narsalari, shuningdek, futbol uchun qilgan ishlari uchun undan umrboqiy minnatdor bo‘laman", — dedi Puyol DAZN efirida.
2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina darvozasiga kiritilgan yagona golga Ferran Torres qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida mualliflik qildi. Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist