locale OZ

«PSJ»ning 32 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi

Parijliklar YChL doirasida «Sporting»ga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ»ning 32 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi
FOTO: Getty Images

«PSJ» so‘nggi 12 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasida Yevropaning top-5 chempionatlariga (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya) kirmaydigan klubga mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Opta statistik portali xabar berdi.

20 yanvardan 21 yanvarga o‘tar kechasi Parij klubi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida safarda Lissabonning «Sporting» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«PSJ» bundan avval Chempionlar ligasida top-5 ligalardan tashqaridagi klubga 2013 yil dekabr oyida mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘shanda parijliklar yana Portugaliya vakiliga — Lissabonning «Benfika» jamoasiga 1:2 hisobida yutqazgandi.

«Sporting»dan uchralgan mag‘lubiyatgacha «PSJ»ning Chempionlar Ligasida top-5 ligalarga kirmaydigan klublarga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasi 32 ta uchrashuvni tashkil etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting