«PSJ» Yamal uchun «Barselona»ga 250 mln yevro taklif qilgan edi
Kataloniya klubi rad javobini bergan.
ФОТО: Getty images
“Barselona” prezidenti Joan Laporta klub tarbiyalanuvchisi Lamin Yamal bilan bog‘liq amalga oshmagan transfer tafsilotlarini ochiqladi.
Klub rahbarining aytishicha, ikki yil oldin “PSJ” kataloniyaliklar vingeri uchun 250 million yevro taklif qilgan. Biroq rad javobi berilgan.
“Biz rad etdik. O‘shanda u 17 yoshda edi — ba'zilar bizni aqlsiz deb hisoblashgan”, — deya jurnalist Fabrizio Romano Laportaning so‘zidan keltiradi.
Joriy mavsumda Yamal “Barselona” safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist