locale OZ

PSJ so‘nggi besh yil ichida ilk bor Fransiya Superkubogini boy berdi

Ular hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ so‘nggi besh yil ichida ilk bor Fransiya Superkubogini boy berdi
ФОТО: Getty images

PSJ oxirgi besh yil ichida ilk bor Fransiya Superkubogi sohibiga aylanolmadi. 2026 yilgi trofey uchun kechgan bahsda parijliklar "Lans"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Avvalroq PSJ Fransiya Superkubogi bahslarida ketma-ket "Nant" (4:0), "Tuluza" (2:0), "Monako" (1:0) va "Marsel" (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:1) klublarini mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritib kelayotgan edi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Luis Enrike shogirdlari 34 turda 76 ochko jamg‘arib, Fransiya chempioni bo‘lishgan. "Lans" esa 70 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallagan va Fransiya Kubogi finalida "Nitsa"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, kubok sohibiga aylangandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting