locale OZ

«PSJ» penaltilar seriyasida «Marsel»ni magʻlub etib, Fransiya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Uchrashuv neytral maydonda boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» penaltilar seriyasida «Marsel»ni magʻlub etib, Fransiya Superkubogini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» o‘z tarixida 14-bor Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi. 2025 yilgi Fransiya Superkubogi finali 2026 yil 8 yanvar kuni Quvaytda neytral maydonda bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi Fransiya chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan parijliklar Liga 1 kumush medali sohibi «Marsel»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi — 2:2 (penaltilar 4:1).

Shu bilan birga, 2013 yilgi Fransiya Superkubogidan boshlab o‘tkazilgan so‘nggi 13 ta musobaqadan 12 tasida «PSJ» g‘olib bo‘lgan. Faqat 2021 yilgi mavsumda ushbu sovrin «Lill» tomonidan qo‘lga kiritilgan. Ushbu davr mobaynida parijliklar 12 marta Superkubokni yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, «Pari Sen-Jermen» Fransiya Superkubogini 1995 va 1998 yillarda ham qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting