PSJ Mbappеdan 98 million yevro talab qilmoqda va futbolchi klubga qarzdor ekanini taʼkidlamoqda
Futbol
Bakradze Iman
Redaktor
PSJ Mbappеdan 98 million yevro talab qilmoqda va futbolchi klubga qarzdor ekanini taʼkidlamoqda
Parij klubi Kilian Mbappе tomonidan undirilmoqchi bo‘lgan 55 million yevroga qo‘yilgan arestni bekor qilishni so‘rab, sudga murojaat qildi. Sud muhokamalarida PSJ vakili 2023 yil yozida futbolchi bilan og‘zaki kelishuv bo‘lganini ma’lum qildi: unga ko‘ra, agar o‘yinchi transfer uchun kompensatsiyasiz ketsa, shartnoma tugagach to‘lanadigan mablag‘larning bir qismidan voz kechishi kerak edi.
Klubning ta’kidlashicha, Mbappе bu kelishuvni buzgan va endi ular undan 98 million yevro talab qilmoqda.
— Da’voning maqsadi bu pulni qaytarish emas, balki Mbappеning talabi asossiz ekanini va aslida u klubga qarzdorligini isbotlashdir, — deyiladi PSJning bayonotida.