PSJ Martinelli bilan muzokaraga kirishdi
Uning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Gabriel Martinelli Angliyani tark etib, Fransiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga Chempionlar Ligasi amaldagi g‘olibi «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati Gabrielni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi 2019 yil yozidan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining transfer narxi 45 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist