“PSJ” kambek evaziga “Aston Villa”dan ustun keldi
UEFA chempionlar ligasining 1/4 final uchrashuvlari doirasidagi “PSJ” – “Aston Villa” qarama-qarshiligi bo’lib o’tdi. Unda “parijliklar” 3:1 hisobida g’alaba qozonib, javob o’yini oldidan keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 35 daqiqasida Morgan Rojers hisobni ochib, inglizlarni oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, tezkor gol bilan fansuzlar javob qaytara olishdi. 49 daqiqada Xvicha raqib darvozabonini ranjitgan bo'lsa, o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqasida Mendesh yana bir gol urib “PSJ”ning ishonchli g'alabasini va amalga oshirilgan kambek ta'minlay oldi.
Bu uchrashuv natijasi hali yakuniy emas, barchasi javob uchrashuvida hal bo'ladi, ungacha esa har ikki jamoada tayyorgarlik uchun vaqt bor