PSJ himoyachisi Villiam Pacho Fransiya kubogida jamoasiga yordam bera olmaydi
Shuningdek, Matvey Safonov ham ishtirok etmaydi.
ФОТО: Getty images
"Pari Sen-Jermen" markaziy himoyachisi Villiam Pacho mamlakatning beshinchi darajali ligasi jamoasi — "Vandeya Fontene"ga qarshi Fransiya Kubogi 1/32 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda ishtirok etmaydi.
"Sport rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda Villiam Pacho dam olishga ruxsat oldi. U Rojdestvo tatillaridan so‘ng jamoaga qo‘shiladi", — deya xabar berdi "PSJ" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq X’da.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, parijliklar darvozaboni Matvey Safonov ham ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Rossiyalik posbon FIFA Xalqaro kubogi finalida, jamoasi "Flamengo"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan (1:1, 2:1 pen.), jarohat olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist