locale OZ

«PSJ» Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 85 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"PSJ" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiya grandi London klubida sobiq bosh murabbiy Enso Mareskaning iste’foga chiqarilishi ortidan yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan foydalana olishi mumkin.

Joriy mavsumda Fernandes barcha musobaqalar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 85 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting