locale OZ

«PSJ» Barkolani sotish niyatida emas

Futbolchining amaldagi shartnomasi hozircha uzaytirilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Barkolani sotish niyatida emas
ФОТО: Getty images

"Pari Sen-Jermen" Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari tomonidan qiziqish bildirayotganiga qaramay, vinger Bredli Barkolani sotish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Parij klubida 23 yoshli fransiyalik futbolchining bozor qiymati "Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun kelishilgan (116 million funt) summadan ancha yuqori deb hisoblanmoqda, deb xabar berdi The Athletic.

PSJ hujumchi Gonsalu Ramushning "Milan"ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvdan so‘ng futbolchilar bilan xayrlashish zarurati masalasiga nuqta qo‘ydi.

Bu transfer summasi Italiya klubi tarixidagi rekord natija bo‘ldi. Shu bilan birga, Barkola o‘yin vaqti miqdoridan noroziligini yashirmayapti va asosiy tarkibda yanada muhimroq rol o‘ynashga umid qilmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi hozircha uzaytirilmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting