«PSJ» 4 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images
"PSJ" bir qator futbolchilardan qutulishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, jamoa Milan Shkrinyar, Marko Asensio, Karlos Soler, Nordi Mukiele va Illes Xusni ijaradan so‘ng yana Parij klubiga qaytdi.
Le Parisien xabariga ko‘ra, "PSJ" bu futbolchilardan foydalanmoqchi emas. Ayni paytda ular ikkinchi jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Manbaga ko‘ra, Shkrinyar va Asensioga "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda. Solerda Ispaniyada variant bor – Marselino futbolchini "Vilyarreal"da ko‘rmoqchi. Klublar kelishuvga erishsa, bu futbolchilar “PSJ”ni tark etadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor