locale OZ

Proliga 5-apreldan start oladi

Ular 13 tadan uy-safar — jami 26 ta o‘yinida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Proliga 5-apreldan start oladi
Фото: Пролига

Avvalroq musobaqada 14 ta klub ishtirok etishi ma’lum qilingandi. Ular 13 tadan uy-safar — jami 26 ta o‘yinida ishtirok etadi.

Proliga 5-aprel sanasidan start olishi rejalashtirilgan. Ligada musobaqani mart oyidagi FIFA kunlaridan avvalroq boshlash imkoniyati ham mavjud. Biroq Namangan, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Nukus kabi shaharlardagi jami 7 ta stadionda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Gʻazalkentdagi stadionda esa qurilish ishlari boshlanmagan. Buning evaziga Nasaf va Mash’al kabi Superliga klublari mavsumni Proliga uchun reja qilingan maydonda boshlaydi. Proliganing boshqa klubi shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan stadionda esa elitaning boshqa klublari to‘p tepadi.

Liga rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qadar Proliga klublari 7 ta tur doirasida maydonga tushadi. Bunda o‘yinlar Superliga bilan deyarli to‘qnashmaydi. Elita klublari tanaffusga chiqqan muddatdan keyin ham Proliga klublari yana 3 tadan o‘yinda ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting