Proliga 14 va 15-tur uchrashuvlari tahlili o‘tkazildi
Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.
Фото: Про-лига
Bugun Zoom platformasi orqali Proliga 14 va 15-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.
Tahlil davomida uchrashuvlarda kuzatilgan bahsli vaziyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir epizod yuzasidan hakamlar qarorlari tahlil qilinib, to‘g‘ri yondashuv va qaror qabul qilish borasida amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ayrim vaziyatlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusi o‘yinlarda yagona yondashuvni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist