Proliga 1–2-tur uchrashuvlari bo‘yicha hakamlar faoliyati tahlil qilindi
Ayrim vaziyatlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Фото: UzFHM
Zoom platformasi orqali Proliga 1–2-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Proligada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.
Mazkur tur uchrashuvlari bo‘yicha tahlillar Bobur Haydarov, Baxtiyor Tagayev, Timur Galeev, Baxtiyor Namozov hamda Viktor Serazitdinov tomonidan olib borildi.
Yig‘ilish davomida uchrashuvlarda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar batafsil ko‘rib chiqildi.
Epizodlar yuzasidan hakamlarning qarorlari muhokama qilinib, ayrim vaziyatlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist