Pro liganing yangi mavsumiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum
Jarayon 15:00 da start oladi.
Фото: Пролига
Pro liganing yangi mavsumi uchun qur'a 3-mart kuni tashlanadi. Bu haqda O'zPFL o'z rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Jarayon 15:00 da boshlanadi va Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda 14 ta klub o'zaro ikki davra bahs olib boradi va har biri jami 26 ta o'yinda maydonga tushadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist