locale OZ

Pro-liga. “Lokomotiv” “Jayhun” darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pro-liga. “Lokomotiv” “Jayhun” darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Pro-ligasi 13-turidan o‘rin olgan bahsda “Lokomotiv” o‘z maydonida “Jayhun”ni qabul qildi va yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Temiryo‘lchilar” safida gollarga Akaki Shulaya, Muhriddin Zoirov (2 ta), Levan Arveladze va Shodiyor Shodiboevlar mualliflik qildi.

Ushbu g‘alaba orqali “Lokomotiv” o‘z ochkolari hisobini 29 taga yetkazib olib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Jayhun” esa 12 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Pro-liga. 13-tur
“Lokomotiv” - “Jayhun” 5:0
Gollar: Akaki Shulaya (17), Muhriddin Zoirov (25, 65), Levan Arveladze (35), Shodiyor Shodibekov (72).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting