Pro liga. «Lokomotiv» derbida g'alaba qozonib, peshqadamga aylandi
Pro liga 16-tur doirasidagi "Lokomotiv" — "Olimpik" o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'yin 2:0 hisobida “temiryo'lchilar”ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Nikola Popovich har ikki gol muallifi bo'ldi.
NATIJADA “temiryo'lchilar” 36 ochko bilan yana peshqadamga aylandi. “Olimpik” so'nggi o'rinni egalladi.
"Lokomotiv" — "Olimpik" 2:0
Gollar: Nikola Popovich (4, 50).
"Lokomotiv": 1.Rahimjon Davronov, 3.Kirill Todorov, 4.Momchilo Raso, 5.Anzur Ismoilov (s), 9.Levan Arveladze, 11.Akaki Shulaya, 14.Abdushukur Mahamatov, 17.Muhriddin Zoirov, 22.Abrorjon Aliev, 23.Diyorjon Turopov, 99.Nikola Popovich
"Olimpik": 1.Samandarbek Jo'rabekov, 3.Doniyor Erkinov, 4.Hojiakbar Yusubboev, 5.Abubakir Rejabboev, 7.Abdulboriy Ma'rufjonov, 9.Javohir Mubarakov, 10.Temur Tulagenov, 17.Muhammadyusuf Fayzullaev, 22.Ruslan Mongold, 25.Diyor Tojiev, 99.Behruz Akramov.