locale OZ

Pro-liga. «Aral» o‘z maydonida «Olimpik Mobiuz»ni mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pro-liga. «Aral» o‘z maydonida «Olimpik Mobiuz»ni mag‘lub etdi
Фото: Арал ПФК

O‘zbekiston Pro-ligasi 12-turida “Aral” klubi Nukusda “Olimpik Mobiuz”ni qabul qildi.

Uchrashuv 2:1 hisobida mezbon jamoaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Maydon egalari safida gollarga Izzatilla Abdulhaqov va Doniyor Ismoilov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli ham “Aral” futbolchisi nomiga yozildi — u o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng “Aral” ochkolarini 25 taga yetkazib, 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Olimpik Mobiuz” ham shuncha ochko bilan 3-pog‘onadan joy oldi.

Pro-liga. 12-tur
Aral — Olimpik Mobiuz 2:1
Gollar: Abdulhaqov 75, Ismoilov 85 — Rejabaliev 66 (pen.).

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting