Prev'yu. «Sho'rtan» – «Paxtakor»
Bu bahs 19 sentyabr kuniga belgilangan.
Фото: Пахтакор ПФК
19 sentyabr kuni Superliga 22-turida "Paxtakor" G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi.
Chempionatda jamoalar o'zaro 25 bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 20 g'alabaga erishgan, 2 durang qayd etgan va 3 marta mag'lubiyatga uchragan. Raqib darvozasiga 64 gol urilib, 20 to'p o'tkazib yuborilgan. Safarda 8 yutuq, 1 durang va 3 mag'lubiyat kuzatilgan. Mezbonlar darvozasi 27 marta ishg'ol etilib, 12 to'p o'tkazib yuborilgan.
Diskvalifikatsiya sababli Flamarion mazkur bellashuvda ishtirok etmaydi.
"Sho'rtan" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin 19 sentyabr, juma kuni soat 19:00da G'uzor "Markaziy" stadionida boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist