locale OZ

Prev'yu. «Qo‘qon-1912» - «Navbahor»

Bu bahs 18 mart kuni Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida soat 19:15 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Qo‘qon-1912» - «Navbahor»
Фото: Қўқон-1912 ПФК

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsni jamoamiz safarda "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tkazadi.

Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu jamoalar shu kungacha jami 36 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelgan.

Ustunlik "Navbahor" tomonida – 19 ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 9 ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 8 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "lochinar" tomonida - 66-39.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 65, qo‘qonliklar esa 35 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 2 marta qayd etilgan. "Navbahor" 2003 va 2016 yilgi mavsumlarning Namanganda o‘tgan o‘yinlarida "Qo‘qon-1912"ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Mazkur jamoalarning shu kungacha Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan 18 ta bahsidan 7 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta o‘yinda namanganliklar zafar quchgan, 6 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik "Qo‘qon-1912" tarafida – 24:19.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda qayd etilgan barcha natijalar:
1992 yil
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" – 2:0
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 1:0
1993 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 1:1
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" – 2:1
1994 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 2:1
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" - 1:0
1995 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 0:2
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" - 4:1
1998 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 1:1
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" - 4:2
1999 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 3:2
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" – 2:1
2000 yil
"Temiryo‘lchi" – "Navbahor" – 1:4
"Navbahor" – "Temiryo‘lchi" – 5:4
2002 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:0
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:0
2003 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 5:1
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:2
2015 yil
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 0:1
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:1
2016 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 5:1
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:1
2017 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 1:1
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 2:0
2018 yil
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" - 1:0
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 3:0
2019 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 1:1
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:1
2020 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 0:1
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:1
2021 yil
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:2
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:3
2022 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 2:0
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 1:1
2025 yil
"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" – 3:0
"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 2:0.

Eslatib o‘tamiz, Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Navbahor" uchrashuvi 18 mart kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida soat 19:15 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting