locale OZ

Prev'yu. «Paxtakor» - «Nasaf»

Toshkentdagi bahslarda "Sherlar" 48 gol urib, 15 to'p o'tkazishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Paxtakor" - "Nasaf"
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 29-turi markaziy to'qnashuvida jamoamiz "Nasaf"ga qarshi Toshkentda o'ynaydi.

Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, chempionatlardagi jamoalar jami 57 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 30 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 15 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 12 o'yinda g'alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 81 bor ishg'ol qilgan jamoamiz darvozasidan 51 gol o'tkazib yuborgan.

Toshkentdagi bellashuvlarda jamoamiz 21 g'alaba, 5 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Toshkentdagi bahslarda "Sherlar" 48 gol urib, 15 to'p o'tkazishgan.

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bellashuv 20 noyabr, payshanba kuni "Jar" stadionida soat 18:15da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting