locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Prev'yu. “Navbahor” – “Oq-tepa”

Futbol 29 apr 2025 da 09:05
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Prev'yu. “Navbahor” – “Oq-tepa”
Photo: FCNAVBAHOR

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Oq-tepa” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.

“Oq-tepa” 2000 yili G‘anisher Sho‘g‘ulomov tomonidan tashkil etilgan.
2000-2005 yillari jamoa Rustam Hamdamov murabbiyligida O‘zbekiston chempionati 2-ligasida ishtirok etib, 2005 yilda birinchi ligaga o‘tish turnirida g‘olib chiqib, Birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

2006-2008 yillarda Birinchi ligada qatnashgan “Oq-tepa” 2009 yilda ayrim sabablarga ko‘ra, ushbu ligada ishtirok etolmadi.

Jamoa 2010 yildan yana Birinchi ligaga qaytdi. Shundan so‘ng, muntazam ravishda mazkur ligada ishtirok etgan toshkentliklar 2019-2021 yillarda Pro-liga musobaqalarida ham ishtirok etishdi.

“Oq-tepa”da Furqat Esonboev, Eldor Sakaev, Nizom Nortojiev, Aleksandr Mochinov, Aleksandr Yejov, Vohid Xolboev, Aleksandr Tokov va Ravshan Bozorov singari murabbiylar faoliyat yuritishgan.

Jamoada Eldor Magdeev, Sobir Usmonxo‘jaev, Asilbek Omonov hamda Nodir Teshaboev kabi Superliga “havosi”dan bahra olgan futbolchilar o‘ynashgan.

Joriy mavsumda Birinchi liganing “Markaz” mintaqasida ishtirok etayotgan “Oq-tepa”ni ayni paytda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Server Jeparov boshqarmoqda. Jamoa ayni paytgacha 3 ta o‘yin o‘tkazib (“Chig‘atoy”, 1:2, “Jizzax FA”, 5:0, “Sirdaryo FA”, 1:1), 1 tadan g‘alaba, durang hamda mag‘lubiyat qayd etgan holda, 4 ochko to‘plab, turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi.

“Navbahor” va “Oq-tepa” jamoalari O‘zbekiston kubogi bahslarida 2 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan. 2020 yili 1/8 final doirasidagi bahsda “lochilar” Toshkentdagi TTYMI stadionida toshkentliklarni Azimjon Ahmedov hamda Azizbek Turg‘unboevning gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2021 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan guruh bosqichi doirasidan o‘rin olgan o‘yinda Ehsonga Panjshambe, Zabi'hillo Orinboev va Abbosjon G‘ulomovning gollari evaziga yirik -3:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Oq-tepa” uchrashuvi 30 aprel kuni Toshkent shahridagi “Oq-tepa” stadionida soat 17:00 da start oladi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting