Prevyu. Dinamo - Navbahor
O‘zbekiston Superligasining ilk, ya’ni, 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ladi.
Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasi bo‘yicha, ushbu jamoalar 54 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.
Bu bahslarda namanganliklar 30, "ko‘hna shahar" vakillari esa 13 marta g‘alaba qozongan, 11 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 94-46, "Navbahor" foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda "lochillar" 101, "arslonlar" esa 50 ochko to‘plagan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997-yillarda Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda "Navbahor" "Dinamo" ustidan mos ravishda 6:0 hamda 7:1 hisoblarida g‘alaba qozongan.
Qiziq tomoni, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lub eta olishmagan.
Shu kungacha Samarqandda bo‘lib o‘tgan 27 ta bellashuvdan 13 tasida "Dinamo" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 ta bahsda "Navbahor" zafar quchgan, 4 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 35-33, samarqandliklar foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" – "Navbahor" bahsi 28 fevral kuni Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida soat 19:15 da start oladi.