locale OZ

Prevyu: «Bunyodkor» — «Mash'al»

"Bunyodkor" - "Mash'al" bahsi 26 oktyabr, yakshanba kuni soat 18:30 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu: "Bunyodkor" — "Mash'al"
Фото: Машъал ПФК

O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida "Bunyodkor" va "Mash'al" jamoalari Toshkentda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Mazkur uchrashuvni G‘ayrat Jo‘rayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Avaz Abdullayev yordam berishadi. Zaxira hakami — Jasur Muxtorov. Hakamlarga Bobur Haydarov nazorat qiladi, uchrashuv komissari — Abdulbosit Valixonov.

O‘zaro o‘yinlar

"Bunyodkor" va "Mash'al" shu kungacha chempionat bahslarida 25 marta to‘qnash kelgan. Ulardan 19 tasida "Bunyodkor", 2 tasida "Mash'al" g‘alaba qozongan, 4 uchrashuv durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 9 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, “Qaldirg‘ochlar” 47 marta gol urgan. O‘zaro o‘yinlarda "Mash'al" 10, "Bunyodkor" esa 61 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan.

"Mash'al"ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi — 3:2. "Bunyodkor"ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi esa — 5:1.

"Bunyodkor" - "Mash'al" bahsi 26 oktyabr, yakshanba kuni soat 18:30 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting