locale OZ

Prevyo. «Dinamo» — «Buxoro»

To‘plar nisbati — 67:63, "Buxoro" foydasiga.
Prevyo. «Dinamo» — «Buxoro»
Фото: Динамо ПФК

«Buxoro» ertaga Superliganing 24-turi doirasida «Dinamo» klubiga qarshi maydonga tushadi. Milliy chempionatlar tarixida mazkur jamoalar shu kunga qadar jami 49 bor to‘qnash kelishgan.

O‘zaro o‘yinlarning 22 tasida buxoroliklar g‘alaba qozongan. 17 bahsda esa samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. 10 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati — 67:63, "Buxoro" foydasiga.

O‘zaro bellashuvlarda "Buxoro" 76 ochko jamg‘argan. "Dinamo"da esa bu ko‘rsatkich 61 ochkoni tashkil etadi. Tomonlarning birinchi davradagi to‘qnashuvida jamoamiz o‘z maydonida 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» — «Buxoro» uchrashuvi 17-oktyabr kuni soat 19:00 da «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting