locale OZ

Previyu. «So‘g‘diyona» - «Paxtakor»

O‘yin 20 mart, juma kuni soat 18:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. «So‘g‘diyona» - «Paxtakor»
Фото: Пахтакор ПФК

Superliganing 4-tur o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "So‘g‘diyona"ga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin jizzaxliklar stadioni hali tayyor bo‘lmagani sababli "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi va unda "So‘g‘diyona" mezbon sifatida harakat qiladi.

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 60 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 45 bellashuvda toshkentliklar g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7ta o‘yinda durang qayd etilgan va 8 bahsda raqibning g‘alabasi qayd etilgan. 137 gol urgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 49 to‘p o‘tkazib yuborishgan. "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Jizzaxdagi o‘yinlarning 19tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Olti marta mezbonlarning qo‘li baland kelgan va besh bor durang natija qayd etilgan.

"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20 mart, juma kuni soat 18:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting